Kompyuter grafikasi tushunchasi Ma’lumotlarni grafik ko`rinishida tasvirlash XX asrning 50-yillarida dastlab katta EHM larda amalga oshirilgan edi.
Download ReportTranscript Kompyuter grafikasi tushunchasi Ma’lumotlarni grafik ko`rinishida tasvirlash XX asrning 50-yillarida dastlab katta EHM larda amalga oshirilgan edi.
Kompyuter grafikasi tushunchasi Ma’lumotlarni grafik ko`rinishida tasvirlash XX asrning 50-yillarida dastlab katta EHM larda amalga oshirilgan edi. Asosan, harbiy va ilmiy izlanishlarda qo`llanilgan. Grafik ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarda 80yillarda, keskin jadallashdi. Hozirga kelib shaxsiy kompyuter dasturida ishlash uchun foydalanuvchiga grafik interfeysi standart bo’lib qoldi. Bu inson psixikasi bilan juda bog’liq: aniqlik tezroq tushunishga imkon yaratadi. Informatika asosiy sohasida katta o’zgarishlar kiritildi - Kompyuter grafikasi Kompyuter grafikasi deyarli har bir injenerlik va ilmiy sohalarda masovafiy va proigravitelli, axborotni uzatishda ham ishlatiladi. Meditsina va reklamali ishbilarmonlar, charchoqni chiqarish va boshqa sohalarda ham ishlatiladi. Grafik axborotni analogli yoki diskretli ko’rinishlari mavjud. Аnalog ko’rinishlarda fizik kattalik cheksiz ko’plikdagi qiymat qabul qiladi. Shu bilan birga uning qiymati muttasil ravishda o’zgarib boradi. Diskret ko’rinishlarda fizik kattalik bir necha so’nggi qiymatni qabul qiladi. Shu bilan birga uning qiymati sakrash tartibida o’zgarib boradi. Misol ko’rinishida grafikli axborot analog ko’rinishlarda tasvir aksi bo’lib xizmat qilishi mumkin, rangi vaqti bilan o’zgarishi mumkin. tasvir diskret ko’rinishlarda alohida turli rangli nuqtalardan tashkil topgan va purkovchi printer yordamida chop qilingan bo’ladi. Qog’oz, foto- va kinoplenkada analog ko’rinishida saqlanuvchi grafik tasvir, kompyuterning raqam(diskret) formatiga qayta tuzilishi mumikin. Grafik axborot analogli shakldan diskretli shaklga diskretlash yo’li bilan o’tadi, yani grafik tasvirni aloxida elementlari uzilishsiz tasvirlanadi. Diskretashtirish jarayonida kodlashtirish amalga oshadi, yani har bir elementning o’ziga yarasha aniq yo’nalgan formadagi kodi mavjud. Diskretli tasvirni mozayka bilan solishtirish mumkin. tasvir kichkina fragmentlarga bo’linadi (nuqta), har bir tasvir o’z kodi bo’ladi 11100001 Tasvirni kodlash sifati 2 parametrga bog’liq: Birinchidan, tasvirni tashkil etgan nuqtalar soni qancha o’lchamlari kichik va kerakligicha ko’p bo’lsa, kodlash sifati shuncha yuqori bo’ladi. Kam Ikkinchidan, ranglar qancha ko’p bo’lsa, ya’ni tasvir nuqtaning holatida imkoniyatlari ko’proq, ayniqsa, tasvir sifatli kodlashtiriladi, (har bir nuqta ko’proq sifatli axborot uzatadi) ishlatilayotgan ranglar to’plami ranglar palitrasiga murojaat qilinadi. Ko’p Kompyuterda grafik ob’yektlarni yaratish va saqlash quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin – rastrli tasvir ko’rinishi vektorli tasvir ko’rinishi Tasvirning har bir turi uchun kodlashning o’z usuli qo’llaniladi. Rastrli tasvir ko’rinish ma’lum miqdordagi nuqtalar (piksellar)dan tashkil topgan, ma’lum miqdordagi qatorlarda ifodalanadi. Masalan, barg tasviri aniq joylangan deb ta’riflanadi va har bir nuqtaning rangi huddi mozaika kabi tasvir hosil qiladi. Bunday fayllarni tayyorlash uchun Paint, Photoshop kabi redaktorlardan foydalaniladi. Rastrli tasvir tabiiy tasvirni juda yaxshi yetkazadi. Ular fotosurat, rasm va yuqori “tabiiylik“ni talab qilingan boshqa paytlarda juda mos tushadi. Qurilma rastrli usulga asoslangani uchun ham yuqorida keltirilgan tasvir monitor yoki printerga osonlik bilan uzatiladi. Rastrli fayllarda asosiy muammo bu kattalashtirish: Tasvirni kattalashtirish kerak bo’lganda dona-donalik, qavat-qavatlilik paydo bo’lib, rasm pala-partish kvadratlar (kattalashtirilgan piksellar) to’plamiga aylanib qolishi mumkin. Rastrli tasvir va uning kattalashtirilgan nusxasi Katta tasvirni kichiklashirishda nuqtaning o’lchami kamayadi, shuning hisobiga kichik detallar yo’qoladi, ravshanlik yo’qolishiga olib keladi. Tasvir aniqligi monitor ruxsat etilgan kengligiga bog’liq. Monitorning imkon berish xususiyati o’zi ishga tushira olgan alohida nuqtalarning maksimal miqdori bo’lib aniqlanadi. U bir gorizontal qator nuqtalar sonini va gorizontal qator sonini vertikal bo’yicha o’lchaydi. U qancha baland bo’lsa, ya’ni rastr qatorlar soni va qatorlar nuqtasi ko’p bo’lsa, tasvir sifati shuncha yuqori bo’ladi. Zamonaviy PClarda asosan quyidagi ruhsat etilgan kengliklar ishlatiladi: 640 ga 480, 800 ga 600, 1024 ga 768 va 1280 ga 1024 nuqtalar. Ruxsat etilgan displey kengligi monitorni umuman aniqlamaydi, u qurilma bilan ishlovchi videokarta va dastur ta’minoti bilan aniqlaydi. Rastrli tasvir hajmi nuqtalarning ko’pligiga qarab nuqtaning axborot hajmi aniqlanadi, qachonki ranglarning imkoniyatlariga bog’liq bo’lganda. Ekrandagi rangli tasvir asosiy ranglarning (qizil, yashil, ko`k) aralashishi yo`li bilan hosil qilinadi. Ekrandagi har bir piksel yaqin joylashgan uchta rangdagi elementdan tashkil topadi. Rangli displey, shu usulni qo’llovchi RGB – monitorlari deb ataladi Piksel rang kodi axborot qismidagi har bir rang bazasini saqlaydi 24 bitli ranglar asosida ranglarni formatlash Ranglarning nomi ravshanlik qizil yashil ko’k Qora 00000000 00000000 00000000 Qizil 11111111 00000000 00000000 Yashil 00000000 11111111 00000000 ko’k 00000000 00000000 11111111 havo rang 00000000 11111111 11111111 Sariq 11111111 11111111 00000000 oq 11111111 11111111 11111111 Vektorli tasvir grafik tahrir kabi ko’riladi, o’zi bilan grafik belgilar(nuqta, chiziq, to’g’ri to’rtburchak, aylana va h.k.)ni va matematik formula ta’rifini taqdim etadi . Holat va grafik tahrir formasi sistemali grafik koordinatalarda beriladi, bu ekran bilan bog’liq. Asosan koordinata belgilari ekranning yuqori o’ng qismida ko’rsatiladi. 0 Masalan, grafik belgi nuqta o’z koordinatalari bilan beriladi (Х, У), chiziq - (Х1,У1) boshlang’ich va (Х2,У2) so’nggi koordinatalari, aylana - (Х, У) o’rta koordinatalari va (R) radiusi, to’g’ri to’rtburchak – (Х1, У1) (Х2, У2) diagonal koordinatalari va h.k. Bundan tashqari, har bir chiziq uchun uning turi ko’rsatiladi, (to’gri chiziq, nuqtalardan iborat chiziq), kengligi va rangi. y A (x,y) B (x2,y2) B (x2,y2) R O (x,y) A (x1,y1) A (x1,y1) 0 X Vektorli tasvir haqidagi axborot huddi oddiy harfraqamli kabi kodlanadi va maxsus dasturlarda qayta ishlanadi. CorelDRAW, Adobe Illustrator, Macromedia FreeHand kabi dasturlar juda mashxur. VEKTORLI GRAFIKNING XOSSALARI Vektorli tasvirni kodlashda tasvir obyektining o’zi emas balki dastur, har safar qayta yaratayotganda foydalanadigan nuqtalar koordinatasi saqlanadi. Bundan tashqari, ranglar xarakteristikasini tasvirlash, fayl o’lchovini u qadar kattalshtirmaydi. Shuning uchun xotira hajmi nuqtali grafika(rastrli)ga qaraganda juda kichkina. Vektorli grafikning obyektlari oson ko’chiriladi, ularni shunchaki маnipulyatsiya qilish, tasvir sifatiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bu tasvirni masshtablashtirish oddiy matamatik amallar yordamida amalga oshirilganligi uchun mumkin (grafikaning avvalgi parametrlarini masshtablashtirish koeffitsientiga ko’paytiriladi).